Guvohnoma koronavirusdan töliq soğayganlarga beriladi. Soğliqni saqlaş vazirligining qayd etişiça, ularda kasallikka nisbatan immunitet hosil böladi, ular kamida bir yil davomida koronavirus taşuvçilari bölişmaydi.
Mamlakat soğliqni saqlaş vazirining aytişiça, kasallikdan soğayganlarda immunologik xotira rivojlanadi va ularning qayta kasallanişi deyarli nolga teng.
Radioning xabar berişiça, öz navbatida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti insonda koronavirusga qarşi antitanaçalarning bölişi unda kasallikka nisbatan immunitet hosil bölişini yuz foiz kafolatlamaydi degan fikrda.













