Joriy yilning mart oyida Özbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan koronavirus tufayli COVID-19 kasalligi tarqalişining oldini oliş böyiça çora tadbirlar rejasiga muvofiq, kompaniyamiz tomonidan ESG («Ekologik, ijtimoiy va boşqaruv» tamoyillari) konsepsiyasi asosida qat'iy amal qilinuvçi «Koronavirus infeksiyasining ofis va obektlarda tarqalişining oldini oliş böyiça sanitar-epidemik va profilaktik-tuşuntiruv jarayonlarini muvofiqlaştiruvçi taşkiliy işlar kompleksi» işlab çiqildi.
Bugungi kunga qadar ofislar va işlab çiqariş ob'yeklarini profilaktik tozalaş işlari uçun kvars lampalari, individual himoya vositalari, kimyoviy moddalar, zaxira uçun dori-darmonlar bilan ta'minlaş jarayoni davom etmoqda. Şu bilan bir paytda iş joylariga kirişda kuçaytirilgan nazorat rejimi, termometriya punktlari, qöllarni dezinfeksiyalaş uçun qöşimça stansiyalar yölga qöyilgan. Xodimlar bilan doimiy asosda profilaktik-tuşuntiruv işlari olib borilmoqda, tibbiy punktlar uzluksiz işlamoqda.
Profilaktika jarayonining amaldagi talablarga muvofiq va zamonaviy tarzda yölga qöyilgani koronavirus infeksiyasiga çaliniş ehtimolini kamaytiriş, işni sifatli taşkil etiş va xodimlar işçanlik faoliyatini oşirib boriş imkonini beradi.
Bunday şaroitda «ERIELL Group» kompaniyasi «Özbekneftegaz» AJ bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasi aholisi manfaatlarini közlagan holda tabiiy gaz, gazokondensat va neft qazib olişga yönaltirilgan qator işlarni amalga oşirmoqda.
Jumladan, joriy yilning 4 aprelida «Özbekneftegaz» AJ bilan birgalikda Mubarak neftgaz qazib oliş hududida «Uzunşor» konidagi №12-raqamli gazokondensat quduği rejadan 26 sutka avval foydalanişga topşirilgani bunga yorqin misol böla oladi. Bu quduq orqali sutkali debiti 468,8 ming m³ bölgan sanoat gaz oqimi olişga erişildi.
Ötgan davr mobaynida «ERIELL Group» 78 ta quduq burğuladi (umumiy uzunligi 100 239 metr), 4 gazötkazgiç qurdi va foydalanişga topşirdi. Ular «UKPG Arslon – 47 km g/p Şarqiy Berdax-Buxoro-Ural», «BVN Hojixayram – BVN Yangi Qizilrabot», «SP-1 Şörtan – UPPG-1 Şörtan», «SP-2 Şörtan – UPPG-1 Şörtan» kabilardir (gaz ötkazgiç-şleyf larning umumiy uzunligi 42,183 km). Bundan taşqari, 47 quduq kapital ta'mirlandi, 24 quduq özlaştiriş jarayonida.
Innovatsion texnologiyalar qöllaş bilan birga öz xodimlarining mehnat xavfsizligini ta'minlayotgan kompaniya tabiiy gazning milliardlab kubometrlarini hamda yuz minglab tonna kondensat va neftni hosil qilayotgan uglevodorod xomaşyosi qazib oliş böyiça öz zimmasiga olgan vazifalarini şaraf bilan ado etişda davom etadi.












