Eronda duşanbadan boşlab xalqaro avtomagistrallar oçilmoqda, bundan taşqari, karantin çoralari yumşatilişi doirasida yirik savdo markazlari öz işini boşladi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, lyuks toifasidagi savdo markazlari va bozorlar oçilgan. Ammo savdo markazlari faqat 18:00gaça işlaydi.
Şu bilan birga, qayd etilişiça, restoranlar, sport zallari va boşqa jamoat muassasalari hozirça oçilmaydi. Masjid va boşqa diniy obektlar ham yopiqligiça qoladi.
Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy masjid va maqbaralar 4 maydan oçilişi mumkinligini aytgandi.
Agentlikning eslatişiça, Eron hukumati avvalroq keng miqyosdagi izolyatsiya rejimini joriy etişni istamagan. Hukumatning izohlaşiça, mamlakat AQŞ sanksiyalari ostida bölgani uçun karantin çoralarining iqtisodiyotga ta'sirini hisobga oliş lozim.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatda koronavirusga çaliniş bilan boğliq 82211 ta holat qayd etilgan, 5118 kişi vafot etgan, 57023 nafar kişi soğaygan.













