Moskvaliklar uyda ötirgan holda «Yandeks.Navigator» va 2GIS ilovalari orqali virtual tarzda töplanib, hukumatdan özgarişlarni talab qilişdi. 

Odamlar karantinda ötirişdan çarçaganidan nolib, moddiy yordam berişni va favqulodda holat joriy qilişni söramoqdalar (aksariyat hollarda hazilomuz tarzda).

Qizil maydondagi miting 20 aprel kuni «Yandeks.Navigator» va 2GIS ilovalarida boşlandi. Ular virtual kartada xabarlar qoldiriş imkonini beradi. Xabarlarning aksariyati — favqulodda holat rejimini joriy qiliş va ovqat uçun pul tölanişini talab qilişdan iborat. Çunki, Moskvada özini yakkalaş rejimi joriy qilinganidan söng, şaharliklar işsiz va daromadsiz qolişgan edi.

Haqiqiy miting imitatsiyasi şu darajaga bordiki, fuqarolardan uni töxtatişni talab qilgan xabarlar ham paydo böldi.

Avvalroq, şunga öxşaş fleşmobni Rostov-na-Donu şahri aholisi «Yandeks.Karta» ilovasida ötkazişgan edi.