Singapur hukumati mamlakatdagi umummilliy karantin muddatini 1 iyungaça uzaytirdi. Bu haqda Singapur boş vaziri Li Syanlun ma'lum qildi.
Ötgan sutkada mamlakatda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 1111 ta yangi holat aniqlangan. Koronavirusga çalinganlar soni 9125 ga yetdi.
Boş vazir aksariyat holatlar umumiy yotoqxonalarda yaşaydigan migrantlarda qayd etilganini aytdi. Ular ommaviy test ötkaziş natijasida aniqlangan.
Migrantlar orasida virus köpayayotganining sababi şuki, ularning işida oraliq masofani saqlaş qiyin. Bundan taşqari, ular qonunga köra yotoqxonalarda yaşaşi kerak. U yerda esa bitta xonada 12 nafargaça odam istiqomat qiladi.
Avvalroq karantin 4 maygaça davom etişi kutilgandi.













