«Körinmas duşmanning hujumi vaqtida (u avvalroq ham koronavirusni şunday atagandi), şuningdek, Amerikaning ajoyib fuqarolarining iş joylarini himoya qiliş zarurati tufayli Qöşma Ştatlarga immigratsiyani vaqtinça töxtatiş borasidagi qarorni imzolayman», deb yozadi Tramp.

Uning tviti duşanba kuni keçqurun paydo bölgan. Tramp bunday farmonini aynan qaçon imzolaşi va bunday çeklovlar qança vaqt amalda bölişiga aniqlik kiritmagan, u şuningdek, öz qarorining boşqa tafsilotlarini keltirmagan.

Koronavirus pandemiyasi tufayli AQŞ öz hududiga Meksika va Kanada fuqarolarini faqat zarurat bölganda kiritmoqda. Bunday çoralar kamida may oyi örtalariga qadar joriy etilgan.

Şuningdek, Yevropa mamlakatlari va Xitoydan keluvçilar uçun ham çeklovlar joriy qilingan, ammo mamlakatga hozirça vaqtinça işlaş vizalariga ega bölganlar, talabalar va tadbirkorlar kirişiga çeklov örnatilmagan.

Bu qadam ortida nima bor?
Entoni Zurker, BBC, Vaşington

Donald Trampning ijtimoiy tarmoqdagi bunday harakatlarini jiddiy qabul qilmaslik kerak. Tvitter orqali çiqargan farmonlari tarixiga qarasak, bu yanada oydinlaşadi.

Şu bilan birgalikda, prezident va uning atrofidagi asosiy maslahatçilari ança vaqtdan buyon immigratsiyani mamlakat uçun zararli deb hisoblab kelişayotgani ham heç kimga sir emas.

U bu qadamni nafaqat mamlakat fuqarolari salomatligi muhofazasi uçun, balki «ajoyib amerikaliklarning iş örinlari saqlab qolinişi uçun» zarurligiga urğu qaratmoqda.

Heç qanday şubha yöqki, prezidentning bu taklifi, u qanday çiroyli gaplar bilan öralgan bölmasin, immigratsiya tarafdorlari bölgan, Trampga ğoyaviy muxolifatlari va biznes vakillaridan iborat guruhning qattiq qarşiligiga duç keladi. Bu esa siyosiy muhorabalarni yoqtiradigan va öz duşmanlarini qiynaş uçun har qanday işga tayyor odamning odatiy qadamidir.

Tört yil muqaddam prezident öz kampaniyasini aksilimmigratsiya platformasida qurgandi, u bir qator musulmon davlatlar fuqarolariga mamlakat eşiklarini yopib qöygandi. Hozir u navbatdagi saylovlar arafasida öz ğoyalarini ifodalovçi navbatdagi tajovuzkor usulni öylab topdi.