Prezidentning “Özbekiston Respublikasida suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Belgilab qöyilişiça, 2021 yil 1 iyuldan boşlab:
jinoyat işini sudga qadar yuritiş bosqiçida guvoh va jabrlanuvçilar körsatuvlarini obektiv sabablarga köra keçroq söroq qiliş imkoniyati bölmagan taqdirda, ularning körsatuvlari sudlar tomonidan oldindan mustahkamlab qöyilişi (deponirovaniye qilinişi) mumkin;
ma'lum bir jinoyat işi böyiça guvoh va jabrlanuvçilar körsatuvlarini oldindan mustahkamlab qöyişda (deponirovaniye qilişda) iştirok etgan sudya uşbu jinoyat işining mazmunan körib çiqilişida iştirok etişiga yöl qöyilmaydi;
jinoyat protsessida sudlar tomonidan gumon qilinuvçi, ayblanuvçi va sudlanuvçilarga nisbatan “muayyan harakatlarni taqiqlaş” ehtiyot çorasi qöllaniladi;
tanib oliş uçun körsatiş, davlat siri bilan boğliq bölgan obektlar yoki aşyolarni közdan keçiriş, xonadon yoki bino egalarining iştirokisiz tintuv ötkazişdan taşqari boşqa protsessual harakatlarni xolislar iştirokisiz videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etiş tartibi yölga qöyiladi.

















