Rossiya epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg Putin bilan epidemiya böyiça ötkazilgan kengaşda koronavirusni ba'zi xususiyatlari sababli “ayyor” deb atadi.  

Ginsburgning ta'kidlaşiça, markaz mutaxassislari koronavirusni boşdan ötkazgan odamlardan olingan 200 ga yaqin qon zardobini tahlil qilişgan. Tajribalar bu zardoblarning faqat 30 foizidagina virusni bartaraf etuvçi antitanalar borligini körsatgan. Bu esa koronavirusdan barça soğayganlardan ham uni bartaraf etiş uçun qon zardobi olib bölmasligini anglatadi.  

“Virus juda ayyor. Bejizga u bunday katta ölçamlarga ega emas – u bugungi kunda ma'lum bölgan RNK-saqlovçi viruslardan eng kattasidir”, deb aytgan mutaxassis.

Olimning xulosasiga köra, koronavirus genomining bir qismi inson immun tizimini doimiy çalğitib turiş xususiyatiga ega. Natijada "aldangan" immun tizimi koronavirusga qarşi işlab çiqqan antitanaçalar virusni öldira olmaydi.