“Özbekgidroenergo” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qoşida kiçik GES qurilişi boşlandi.

Sardoba suv ombori 2009-2017 yillar mobaynida Janubiy Mirzaçöl kanalining markaziy tarmoği oqib ötgan hududda barpo etilgan bölib, suv omborining hajmi 930 mln. kub metrni taşkil etadi. Suv omborining balandligi 28,8 metrga teng.

“Sardoba suv omborida kiçik GES qurilişi” investitsiya loyihasini amalga oşiriş 2020-2022 yillarga möljallangan bölib, umumiy qiymati 21,3 mln. yevroga teng.

Investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanişi belgilangan tartibda ekspertizadan ötkazilgan. Investitsiya loyihasi Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbanki” tomonidan töğridan-töğri xorijiy kreditlar hisobiga moliyalaştirilişi rejalaştirilgan.

Rossiya Federatsiyasi tomonidan boş pudratçi sifatida “Siloviye maşini – ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomaşeksport” kompaniyasi bilan töğridan-töğri muzokaralar ötkazilib, 19,2 mln. yevro ekvivalentiga teng şartnoma imzolangan.

Şuningdek, 3,7 mln. yevro ekvivalentidagi öz mablağlari bilan “Özbekgidroenergo” AJ iştirok etadi.

Loyihaga binoan GESning örnatilgan umumiy quvvati 10,7 MVt.ga teng. GESda 5,35 MVt.dan iborat ikkita gidroagregat örnatilişi rejalaştirilgan. Yillik işlab çiqariş quvvati 41,1 mln. kVt.soatga teng.

“Özbekgidroenergo” AJning “1-son quriliş direksiyasi” unitar korxonasi investitsiya loyihasining buyurtmaçi va ijro etuvçisi hisoblanadi.

Hozirgi kunda “Özbekgidroenergo” AJ tizimida 41ta gidroelektrostansiya hamda 1ta şamol energetik qurilmasi faoliyat yuritib kelmoqda.