RBK naşrining yozişiça, şu paytgaça Rossiya sudlari qoida tariqasida öz-özini yakkalaş rejimini buzganlarga RF MJtKning 6.3-moddasi 2-qismi bilan jazo belgilab, ularga 15 mingdan 40 ming rublgaça jarima belgilab kelayotgan edi.
Oliy sud MJtKning 6.3-moddasi 2-qismini faqat koronavirus yuqtirganlikda gumonlangan, şuningdek, Rossiyaga xorijdan kirib kelgan, koronavirus yuqtirgan inson bilan kontaktga kirişgan, sanitar vraçning karantin töğrisidagi körsatmalariga amal qilmayotgan yoki Covid-19’dan davolanişdan böyin tovlayotganlarga nisbatan qöllaşni tavsiya qildi.
Boşqa holatlar MJtKning 20.6.1-moddasi 1-qismi köra malakalanişi kerak. Unga köra ogohlantiriş, 1 ming rubldan 30 ming rublgaça jarima nazarda tutilgan.
Özbekistonda bu borada ahvol qanday?
Prezident Şavkat Mirziyoyev JK, JPK hamda MJtKga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonunni imzolagan edi.
Qonunga köra, Özbekiston Respublikasi MJtK 54-moddasi tahriri özgartirilgan.
Endi karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz böliş — bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişining yoki tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buziş, şu jumladan karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida şifoxonadagi içki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekşiruvdan ötiş va davolaniş, karantinni ötaş uçun belgilangan joylarga yetib boriş va uşbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqiş xavfi mavjud bölgan davrda muloqotda bölingan şaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oşkor qiliş töğrisidagi yoki boşqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 30 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.












