Unga köra, amaldagi jinoyat kodeksi karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişi haqida haqiqatga töğri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatişda ifodalangan yangi 244-5-modda bilan töldirildi.
Endilikda, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklarning paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişi haqida haqiqatga töğri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatiş - bazaviy hisoblaş miqdorining ikki yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
Uşbu ma'lumotlarni naşr qiliş yoki boşqaça usulda köpaytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, şuningdek Internet butunjahon axborot tarmoği orqali tarqatiş - bazaviy hisoblaş miqdorining ikki yuz baravaridan tört yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatdan uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Şuningdek, qonunga muvofiq Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 54-moddasi tahriri özgartirilgan.
Unga köra, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz böliş - bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişining yoki tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buziş, şu jumladan karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida şifoxonadagi içki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekşiruvdan ötiş va davolaniş, karantinni ötaş uçun belgilangan joylarga yetib boriş va uşbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqiş xavfi mavjud bölgan davrda muloqotda bölingan şaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oşkor qiliş töğrisidagi yoki boşqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik - fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan öttiz baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa öttiz baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kiradi.


















