«Mana, jonajon Vatanimizga Ramazoni şarif kirib kelmoqda.

Uşbu uluğ ayyom munosabati bilan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka, opa-singillarimizni, iymon-e'tiqodli xalqimizni çin qalbimdan muborakbod etaman.

Barçangizga tinçlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-u saodat yor bölişini tilayman.

Bugungi ötkinçi qiyinçiliklarga qaramasdan, Ramazoni şarif har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonç, yurtimizga fayz-baraka baxş etadi, bir-birimizga bölgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda qiladi, deb işonaman.

Fursatdan foydalanib, uzoq-yaqin mamlakatlardagi mömin-musulmon birodarlarimizni ham samimiy tabriklab, ularga öz nomimdan, xalqimiz nomidan tinçlik va farovonlik tilayman.

Hammamizga ayonki, Alloh taoloning marhamati bilan şahri Ramazonda ezgu niyatlar ijobat böladi.

Mana şu muborak oyda barçamiz tutgan rözalarimiz, qilayotgan duoi fotihalarimiz, xayrli amallarimiz şarofati bilan barça mamlakatlar qatori el-yurtimizni ham uşbu ofatdan tezroq xalos etişini Yaratgan Parvardigordan sörab qolamiz», dedi davlat rahbari.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda Ramazon oyi 24 apreldan boşlanadi.