Madrid meriyasi noyabrgaça ötkazilişi rejalaştirilgan barça bayramlarni bekor qiliş töğrisida qaror qabul qildi.

Bu haqda şahar vitse-meri Begonya Vilyasis ma'lum qildi. Tejalgan pullar – 4,1 million yevro ijtimoiy yordam uçun sarflanadi.

Uning sözlariga köra, oğir epidemiologik vaziyat sababli şu qarorga kelingan. 

Ispaniya hozirda koronavirus qurbonlari böyiça dunyoda uçinçi (AQŞ va Italiyadan keyin) va kasallikka çalinganlar soni böyiça  ikkinçi örinda (AQŞdan keyin) turibdi. Epidemiya boşlanganidan buyon mamlakatda koronavirusga çaliniş bilan boğliq 213 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 22 mingdan ortiq kişi vafot etgan. Eng oğir vaziyat Madridda – bu yerda kasallanganlar soni 60 mingdan ortiq, 7,7 ming kişi hayotdan köz yumdi.