Prezidentning “Davlat aktivlarini boşqariş, xususiylaştiriş va böş turgan obektlarni xöjalik faoliyatiga jalb etiş etiş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:

davlat iştirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini ta'minlaş uçun sotişdan oldin tayyorgarlik işlarini amalga oşiriş va salohiyatli investorlarga sotiş orqali xususiylaştirişning muvaffaqiyatli natijalarini ta'minlaş böyiça aksiyadorlik jamiyati şaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasini;

davlat egaligida saqlanadigan korxonalarda ilğor korporativ boşqaruv amaliyotini tatbiq etiş orqali ularni samarali boşqariş böyiça Korporativ boşqaruv Loyiha ofisini;

foydalanilmasdan turgan obektlardan oqilona va samarali foydalaniş, ularni xöjalik faoliyatiga jalb etiş orqali investitsiyaviy loyihalarini amalga oşiriş böyiça davlat muassasasi şaklida Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş markazi taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.

Quyidagilar:

a) “UzAssets” investitsiya kompaniyasining asosiy vazifalari etib:

korxonalarni sotişdan oldin tayyorlaş, şu jumladan investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, bu borada samarali mexanizmlarni joriy etiş böyiça xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali işlarni taşkil etiş;

korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qiliş (due diligence), investitsiyaviy “diagnostika”sini ötkaziş, “bençmarking” usulida taqqoslaş orqali rivojlaniş prognoz körsatkiçlarini belgilaş;

korxonalarning daromadlilik normasini xalqaro amaliyotdagi mezonlar asosida tahlil qiliş (IRR, NPV, EBITDA va boşqalar);

ustav kapitaliga berilgan aksiya paketlarini (uluşlarini) samarali boşqariş, korxonalarni içki va taşqi bozorlarda raqobatlaşa oladigan (market oriented) korxonalarga aylantiriş;

salohiyatli investorlarning röyxatini şakllantiriş (short-list);

investitsiya vositaçilarini jalb etgan holda “Road Show” dasturlarini işlab çiqiş va maqsadli auditoriyalar uçun taqdimotlar ötkazib borilişini taşkil etiş;