Çempionlar Ligasi – (7 avgust)

Ötkazilmay qolgan javob uçraşuvlari 7-8 avgust kunlariga rejalaştirilmoqda. Şundan söng, UYeFA har 3-4 kunda öynaş va finalni 29 avgustga belgilaşni közlayapti. Şuningdek, çorak finaldan boşlab, raqiblar uy-safar emas, bir martadan öynaş orqali ğolibni aniqlaş tizimi kiritilişi ham mumkin.

Yevropa Ligasi (2 avgust)

Xuddi şunday. Nimçorak finalning «Sevilya» – «Roma» va «Inter» – «Xetafe» juftliklari ötkazilmay qolgandi. Bu öyinlar 2-3 avgust kunlarida ötkazilib, keyin barça javob uçraşuvlar 6 avgustga möljallanmoqda. Çorak finallar 10 va 13 avgust, yarim finallar 17 va 20 avgust, final esa, 27 avgust kuni Gdanskda bölib ötişi mumkin.

APL (8 iyun)

Televideniyedan tuşadigan yuz millionlab mablağni yöqotmaslik uçun inglizlar har qanday şaroitda ham mavsumni yakunlab qöyiş niyatida. Rejaga köra buning uçun beş hafta ketadi. Öyinlar esa, iyun oyida boşlanişi mumkin. APLda jamoalar yana 9-10tadan öyin ötkazişi kerak.

La Liga (29 may)

Ispaniya futbol federatsiyasi çempionatni mana şu holatda yakunlab qöya qolişni talab qildi, ammo Liga könmadi. Şundan söng, federatsiya rahbari Luis Rubiales va Liga rahbari Xaver Tebas qariyb 8 soat davom etgan muzokaralarda qatnaşişdi va turnirning davomini öynaşga kelişib olişdi.

A Seriya (31 may)

Bu yerda ham deyarli hamma mavsumni davom ettirişni istamoqda. Yaqinda «Breşia» prezidenti agar mavsum tiklanadigan bölsa, jamoasiga unda qatnaşişni taqiqlaşini ham aytgandi. Avvaliga kamida 7 jamoa çempionat davom ettirilmasligini istayotgandi, lekin sönggi majlisda hamma bir ovozdan çempionat davom ettirilişiga rozi böldi.

Bundesliga (9 may)

9 mayda Bundesliga boşlanişi haqidagi gaplar miş-miş emas, balki Germaniya futbol ligasi direktori Kristian Zayfertning bayonotidir. Nemislar eng kam risk bilan maşğulotlar va uçraşuvlarni ötkaziş rejasini işlab çiqdi. Tabiiyki, öyinlar tomoşabinlarsiz ötkaziladi.

Liga 1 (3 yoki 17 iyun)

Hisob-kitoblarga qaraganda, Fransiya klublari çempionat töxtatilişidan bir oyda umumiy 250 million yevro yöqotadi. Tabiiyki, fransuz klublari ham turnir davom etişidan manfaatdor. «Nega işçilarni işga borişga majbur qilyapmiz, futbolçilarni esa, yöq?», deya örinli savol berdi yaqinda «Nant» prezidenti.