«Mamlakatimiz töqimaçilik sanoatida 2 mingdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda, ularda 365 ming nafar aholi işlaydi. Sohaning eksport salohiyati sönggi 3 yilda 2 baravar oşdi. Ötgan yili bu boradagi körsatkiç 1,6 milliard dollarni taşkil etdi.

Lekin bular ham hali yetarli emas. Sohada rezerv va imkoniyatlar yetarli. Xususan, yurtimizda yetiştirilgan paxtani töliq qayta işlab, eksportni 15 milliard dollarga yetkaziş va 3 milliondan ortiq aholini iş bilan ta'minlaş imkoniyati mavjud.

Yiğilişda pandemiya davrida tarmoqni barqaror işlatiş uçun korxonalarni aylanma mablağ bilan ta'minlaş masalasi körib çiqildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Joriy yil 1 aprelga qadar sotilgan paxta tolasining yakuniy tölov muddatini 90 kundan 150 kunga uzaytirişga körsatma berildi.

Moliya vazirligiga korxonalarning aylanma mablağini özida saqlab qoliş uçun eksport bojxonada rasmiylaştirilgan zahoti qöşilgan qiymat soliğini qaytarib beriş mexanizmini joriy qiliş topşiriği berildi.

Kelgusi 5 yilda tayyor mahsulot işlab çiqarişni 4-5 baravarga köpaytiriş, tannarxni raqobatçilarga nisbatan arzonlaştirib, taşqi bozorlarni egallaş böyiça topşiriqlar berildi. Buning uçun mahsulotlar assortimentini kengaytirib, sifatini keskin oşiriş zarurligi alohida ta'kidlandi.

Xususan, xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda yirik eksport korxonalari taşkil etib, taniqli brendlar asosida bozorbop mahsulotlar işlab çiqariş yuzasidan körsatma berildi.

Şu maqsadda Namangan, Samarqand va Toşkent viloyatlarida tayyor mahsulot eksport qiluvçi yangi korxonalar uçun texnopark taşkil etiladi. Uşbu loyihalarni moliyalaştiriş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan kredit liniyasi doirasida 300 million dollar mablağ ajratiladi.

Yiğilişda xomaşyo yetiştiriş va işlab çiqariş zanjirida tannarxni kamaytiriş masalasiga ham töxtalib ötildi.

Mamlakatimizda yillar davomida paxta tolasining özi eksport qilingani uçun uning narxi Liverpul kotirovkasiga boğlangan edi. Aslida paxta tolasi Nyu-York birjasida sotiladi va uning narxi Liverpulnikidan 10 foizga arzon yuradi.