Karantin sababli qiyin ahvolga tuşib qolgan özbekistonlik ayollarga yordam beriş taşabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond vasiylik kengaşi tomonidan ilgari surilgan.

Ma'lum qilinişiça, Zamin fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan. Xususan, atrof-muhitni muhofaza qiliş, eşitiş qobiliyatida nuqsoni bölgan bolalar ta'limini rivojlantiriş, ijtimoiy sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş böyiça qator loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirgan. Ammo hozirgi vaziyat öz hukmini ötkazmoqda.

«Bugun kömak berişning ayni vaqti ekanini anglagan holda, fond vasiylik kengaşi a'zolari xayrli işga hissa qöşişga qaror qildilar.

Şu bois loyihalarga jalb qilingan mablağlar oğir ahvolda qolgan ayollar va oilalarni qöllab-quvvatlaşga qaratildi. Beş milliard söm miqdoridagi xayriya mablaği Özbekistonning barça hududlaridagi yordamga muhtoj beş ming nafar ayolga yönaltirildi», – deyiladi fond xabarida.

«Xavfsiz va öz vaqtida berilgan uşbu yordam qiyin kunlarda umidsizlikka tuşib qolganlarga umid baxş etsin, mehr va muruvvat oyi bölmiş muqaddas Ramazon oyida ularning oilalari va yaqinlariga iliqlik, quvonç va tabassum hadya qilsin», — deya izoh berdi fond vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva.

Qayd etilişiça, koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan bir vaziyatda muhtojlarga yordam va muruvvat körsatiş har qaçongidan ham köproq ahamiyat kasb etib, Özbekiston xalqini yanada jipslaştiriş va barça sinovlardan yoruğ yuz bilan ötiş imkonini beradi.

«Faqat şu tarzda, mehr-oqibatli odamlarning kömagida, birgalikda va hamjihatlik bilangina qiyinçiliklarni yenga olamiz», deyiladi fond axborotida.

Ma'lumot uçun, Zamin xalqaro jamoat fondiga nodavlat notijorat taşkiloti sifatida Özbekistonda asos solingan. Fondning maqsadi — mamlakatning barqaror rivojlanişiga hissa qöşiş va aholi turmuş darajasini oşiriş.

Jismoniy va yuridik şaxslarning xayriya badallari, şuningdek, xalqaro taşkilotlarning grantlari – fond mablağini şakllantirişning asosiy manbalari hisoblanadi.

Fond faoliyati haqida batafsil ma'lumotni www.zaminfoundation.ngo rasmiy veb-saytidan oliş mumkin.