Jahonning eng boy kishilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda joylashgan Bill Geyts pandemiya avjiga chiqqan pallada «qoyilmaqom boshpana» — Kaliforniyadagi plyajdan 43 mln dollarga uy sotib oldi. Forbes ushbu uyning suratlarini taqdim etdi.

Bill Geyts va uning rafiqasi Kaliforniyaning San-Diyego shahri yaqinidagi Del-Mar kurort shaharchasida joylashgan uyni mart oxirida, JSST koronavirus pandemiyasi haqida e'lon qilganidan bir hafta o‘tib sotib oldi.

Uyni o‘tgan yili vafot etgan texaslik neft magnati Ti Bun Pikkensning bevasi sotdi. U bu mulk uchun 48 mln dollar so‘rayotgandi, ammo Geytslar 5 mln dollar chegirmaga ega bo‘lishdi.

Tinch okeani sohilidagi uy «o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish uchun qoyilmaqom boshpana» bo‘lishi mumkin, deb yozadi Daily Mail.  

Yotoqxona

Asosiy yotoqxonadan okean ko‘rinib turadi va marmar kamin bilan jihozlangan. Uyda hammasi bo‘lib oltita yotoqxona bor.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Okeanga qaragan jakuzi  

Plyaj bo‘ylab joylashgan 37 metrli ayvonga 10 kishilik jakuzi o‘rnatilgan bo‘lib, u yerdan okeanni tomosha qilish mumkin.

Foto: Krone & Bushard, Inc.

Qimmatbaho yog‘ochlar ishlatilgan

Uyning ichiga qizil daraxt va oqartirilgan qarag‘aydan ishlov berilgan.

Foto: Krone & Bushard, Inc.