Qayd etilişiça, hukumatni Jonson yöqligida vaqtinça boşqarib turgan TIV rahbari Dominik Raab öz işiga qaytgan.

Dauning-stritdagilar Jonson «jangga tayyorligi»ni aytib ötişgan.

Sönggi kunlarda hukumat rahbarlarining Londondan taşqarida joylaşgan Çekkersdagi qarorgohida soğligini tiklaş bilan band bölgan boş vazir qiroliça Yelizaveta II, Vazirlar Mahkamasi a'zolari hamda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan aloqada bölib turgan.

Jonson 27 mart kuni tvitterdagi sahifasi orqali koronavirus yuqtirib olgani va şu tufayli ihotalanişi haqida xabar qilgandi. Öşanda unda respirator kasallikning kuçsiz belgilari kuzatilgan va boş vazir masofadan turib hukumatni boşqarişda davom etgandi.

5 aprelga ötar keçasi uni şifokor körsatmasiga köra Avliyo Foma şifoxonasiga olib borişdi, uning tana harorati kötarilib ketib, quruq yötal kuzatila boşlagandi. 6 aprel kuni Jonsonning ahvoli oğirlaşgan va uni intensiv terapiya bölimiga ötkazişgandi.

Şu kundan Taşqi işlar vaziri Dominik Raab hukumatni vaqtinça boşqarişga kirişgandi.

12 aprel kuni Jonsonga şifoxonadan javob berildi. Keyingi kuni koronavirus uçun ötkazilgan test salbiy natija körsatdi. Boş vazir özi davolangan klinika xodimlariga, xususan, u reanimatsiyaga yotqizilgan kunlarda navbatçilik qilgan hamşira Jyenni Makgi va tibbiy xodim Luis Pitarmaga alohida minnatdorçilik bildirgandi. 

Qayd etiş kerakki, Jonsonning qaytişi hukumat koronavirusga qarşi kuraşda sustkaşlik qilgani uçun tanqidga uçrayotgan davrga töğri kelmoqda.

Hukumatdagi manbalarning ma'lum qilişiça, Jonson endi mamlakatda karantin çoralarini yumşatişga şoşilmaydi.

  • Sönggi ma'lumotlarga köra, Buyuk Britaniyada koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 148,3 mingdan oşgan, 20 mingdan ortiq bemor vafot etgan.