Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq, Özbekistonda davlat tili özbek tilidir.
Şuningdek, «Davlat tili haqida»gi qonunning 9-moddasiga köra, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarida iş davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boşqa tillarga tarjima qilinadi.
Şu bilan birga, «Davlat tili haqida»gi qonunning 10-moddasiga köra, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar va jamoat birlaşmalarida iş yuritiş davlat tilida, işlovçilarining köpçiligi özbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boşqa tillarda ham amalga oşirilişi mumkin.
«Biroq bugungi kunda ayrim davlat taşkilotlarida iş yuritiş davlat tilida emas, balki boşqa tillarda olib boriş holatlari kuzatilmoqda. Bu, öz navbatida davlat tiliga bölgan hurmat va e'tiborning pasayişiga sabab bölmoqda», deyiladi vazirlik axborot xizmati izohida.
Qayd etilişiça, qonunçilikda uşbu normalarni buzganlik uçun javobgarlik belgilanmagan. Xususan, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 42-moddasi «Davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş» deb nomlangan bölsa-da, uşbu modda davlat organlari va taşkilotlarida iş yuritişda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik bilan boğliq munosabatlarni qamrab olmagan.
Adliya vazirligining fikriça, bu hol ba'zi davlat organlarida davlat tili töğrisidagi qonunçilikka rioya etilmasligiga va iş yuritiş davlat tilida amalga oşirilmasligiga olib kelmoqda.
«Yuqoridagi holatlarning oldini oliş, davlat tilining nufuzini oşiriş maqsadida davlat organlari va taşkilotlarida davlat tilida iş yuritişni qat'iy belgilaş, uşbu talabga rioya etmagan mansabdor şaxslarni javobgarlikka tortiş masalalarini belgilaş lozim.
Şuni e'tiborga olib, Hukumat topşiriğiga asosan, loyihada davlat taşkilotlarida davlat tilida iş yuritişni ta'minlamaganlik uçun mansabdor şaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilaş nazarda tutilib, Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 42-moddasi ikkinçi qism bilan töldirilmoqda», deyiladi press-relizda.
Adliya vazirligi MJtKning 42-moddasiga: «Davlat organlari va taşkilotlarida iş yuritişda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, mansabdor şaxslarga











