Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, dunyo böyiça koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 201 mingdan oşgan – 201 ming 502 kişi.
Eng köp ölim holatlari AQŞda qayd etilgan — 53 070ta, bu uşbu körsatkiç böyiça ikkinçi örinda turgan Italiyadan ikki baravar köp (26 384). Ölimlar soni böyiça uçinçi örinda Ispaniya (22 902), undan keyin Fransiya (22 648) va Buyuk Britaniya (20 381) turibdi.
Jami kasallanganlar soni 2 868 539, ulardan 924 ming nafari AQŞga töğri keladi. Şuningdek, Ispaniya (223 759), Italiya (195 351), Fransiya (159 952), Germaniya (155 782) va Britaniya (149 556) kasallik yuqtirganlar soni böyiça yetakçi.
Şu bilan birga, koronavirusdan soğayganlar soni 810 mingdan oşgan. Eng köp soğayganlar Germaniya (109 800), AQŞ (99 346) va Ispaniyada (95 708).













