Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In oğir ahvolda ekani rad etildi. Koreya döstlik assotsiatsiyasi direktori Alexandro Kao bu haqda tvitterdagi sahifasida post qoldirdi.
«Rasman: Bizning marşal Kim Çen Inning soğliği yomon ekani haqidagi xabar notöğri va yomon maqsadni közlab tarqatilgan. Xavotir olganingiz uçun rahmat, ammo jurnalistlardan ma'lumot manbasini tekşirişni va sensatsiyaga öç bölmaslikni sörab qolardim», deb yozgan Alexandro Kao öz mikroblogida.
Bu 52 mingdan köproq öquvçiga ega akkauntga tvitter tomonidan «haqiqiy» (verified) belgisi berilmagan, ammo Bloomberg bu postga asoslanib xabar tarqatdi.
Oldinroq Şimoliy Koreya mehnat partiyasi rahbari va mamlakat yetakçisi Kim Çen In yurak operatsiyasini ötkazgani, jarrohlik amaliyotidan söng u ösal holatga tuşib qolgani xabar qilingandi. Şimoliy Koreyada bu borada rasman heç qanday ma'lumot berilmagan.
Kim Çen In 12 apreldan buyon köriniş bermayotgani, jumladan, 15 aprel kuni mamlkatda eng katta bayram hisoblangan bobosining tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan marosimda qatnaşmagani köpçilikda şubha uyğotdi. Şundan söng, u haqda turli xil miş-mişlar tarqala boşladi.
Oldinroq Reuters öz manbalariga tayanib, Xitoy Şimoliy Koreyaga Kim Çen Inni tekşiriş uçun şifokorlar guruhini yuborganini xabar qilgandi.












