2020 yilning 20 aprel kuni Navoiy viloyati Xatirçi tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Uning davomida Xatirçi tumani "Tasmaçi" MFYda yaşovçi 45 yoşli U.R. özining yaşaş  uyida 2 dona ov quroli va 9 dona patronni tegişli ruxsatnomasiz qonunga xilof ravişda saqlab kelganligi aniqlanib, uşbu ov quroli va patronlar xolislar iştirokida hujjatlaştirilib olingan.

Ötkazilgan sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga köra, aniqlangan ikki qurolning biri yaroqsiz bölib, ikkinçi qurol esa 16 kalibrli “IjK” rusumli ov quroli ekanligi, işlatişga yaroqli bölgan 9 dona patron otiş uçun yaroqli ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Xatirçi tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalariga qonunga xilof ravişda egalik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. U.R. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.