Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida yuz bergan kuçli şamol oqibatlari aks etgan fotosurat va videolavhalar tarqaldi. 

Ularda kuçli şamol ayrim inşootlarning tomini uçirib ketgani, köçalarda daraxtlar ağdarilib yotgani tasvirlangan.

Şuningdek, suratlarda favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etayotgani aks etgan.

 

Avvalroq «Özgidromet» bugun Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomğir yoğişi kutilayotgani haqida xabar bergandi.

Ma'lumotlarga köra, ertaga, 28 aprelda kunduzi va 29 aprelda Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. 28 aprelda ayrim joylarda şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin.