Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti koronavirus epidemiyasi oldida kuchsiz ekanligini aytdi
Avvalroq Jair Bolsonaru epidemiyani «kichikroq gripp» deb atagan va shtatlar gubernatorlarini cheklov choralari kiritgani uchun tanqid qilgandi.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru 5 ming nafar braziliyalikning umriga zomin bo‘lgan koronavirus epidemiyasi oldida kuchsiz ekanligini aytdi. U mamlakatda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar soni virus birinchi bo‘lib aniqlangan Xitoydagidan oshib ketgani haqidagi xabarga ana shunday munosabat bildirdi.
"Nima bo‘pti? Taassufdaman. Mo‘jiza ko‘rsatishga qodir emasman", - dedi u jurnalistlar bilan muloqotida.
Bolsonaru vafot etganlarning oilalariga ta'ziya bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, marhumlarning aksariyati keksa yoshdagilar bo‘lgan.
"Ammo hayot shunaqa. Ertaga mening navbatim keladi. Biz munosib umr kechirish va o‘zimizdan yaxshi xotira qoldirishga harakat qilamiz", - dedi u.
Avvalroq Jair Bolsonaru epidemiyani «kichikroq gripp» deb atagan va shtatlar gubernatorlarini cheklov choralari kiritgani uchun tanqid qilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 73,2 mingdan oshgan, 5083 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026