Toşkent viloyati IIBB hamda Zangiota tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, xususiy dorixona boşliği 22 million 500 ming sömlik, savdosi çeklangan “Tropikamid” kuçli ta'sir qiluvçi dorilarni qonunga xilof ravişda sotayotgan vaqtida xolislar iştirokida qölga olingan.
IIBB axborot xizmati xabariga köra, 28 aprel kuni Zangiota tumanida ötkazilgan tadbir davomida, asli samarqandlik bölgan, Toşkent şahri Uçtepa tumanida yaşovçi, xususiy dorixona rahbari va şu bilan birga, Zangiota tuman Tibbiyot kollejining 3-kurs talabasi, 32 yoşli O.T. maxsus xaridorga har bir donasini 150 ming sömdan jami 22 million 500 ming söm pul evaziga 150 quti “Tropikamid” kuçli ta'sir qiluvçi dori moddasini sotayotgan vaqtida uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişga qarşi kuraşiş tezkor xodimlari tomonidan tezkor suriştiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.












