Halokat oqibatida samolyot bortida bölgan 298 nafar odamning hammasi halok bölgandi. Halokatni örganiş uçun bir neça davlat vakillaridan iborat xalqaro suriştiruv guruhi tuziladi. 2019 yil guruh öz suriştiruvlarini tugatib, işni körib çiqiş uçun xalqaro sudga taqdim etadi. 2020 yil mart oyida sud jarayonlari boşlandi.

Yaqinda uşbu halokatga aloqador yana bir tafsilot oşkor qilindi. Unga köra, Rossiya federal xavfsizlik xizmati generallaridan biri Boeing MH17 halokatiga aloqador bölgan. BBC rus xizmati bu ayblovga tegişli tafsilotlarni e'lon qildi.

Asosiy gumondor – general-polkovnik

Andrey Burlak
Foto: Baikal24.ru

BBC öz manbalariga tayanib xabar berişiça, «Vladimir Ivanoviç» taxallusi bilan atalgan şaxs aslida Rossiya federal xavfsizlik xizmati generali Andrey Burlak bölib, u 2014 yilda Ukraina şarqida urib tuşirilgan Malayziyaga tegişli Boeing MH17 samolyoti halokatida asosiy işni bajargan.

Buyuk Britaniya naşri uşbu xulosani aviahalokat böyiça suriştiruv işlarini olib borgan xalqaro suriştiruv guruhi materiallari, BBC teleradiokompaniyasining şaxsiy tekşiruvlari, şuningdek, Bellingcat tergov guruhi va The Insider naşri xulosalariga tayanib çiqargan.

Andrey Ivanoviç Burlak – Rossiya FXX çegara xizmati boşliği Vladimir Kulişovning örinbosari vazifasini bajaruvçi hisoblanadi. U bu lavozimda 2014 yil iyul oyida, ya'ni Boeing MH17 halokatga uçragan paytda ham işlagan. Qiziği, 2014 yilga qadar Andrey Burlak general-leytenant bölgan, Boeing MH17 urib tuşirilgaç esa general-polkovnik unvonini olgan.

Donetsk xalq respublikasi rahbarlari 2014-2015 yillarda Burlak bilan muntazam aloqada bölgan

Ma'lum bölişiça, öşa paytda «Vladimir Ivanoviç» nomli şaxs bilan Donetsk xalq respublikasi (DXR)ning birinçi rahbari Aleksandr Boroday, öşa paytdagi Mudofaa vaziri Igor Strelkov (Girkin) va ayirmaçilar safidagi yana köplab yuqori lavozimli harbiylar telefon orqali aloqa qilib turgan. BBC suriştiruvlarida ma'lum qilinişiça, telefon suhbatlarida general «Vladimir Ivanoviç» Ukraina şarqidagi ayirmaçilar olib borgan barça operatsiyalarning rahbari deb ataladi.

Ta'kidlanişiça, u «Moskvadan kelgan katta qömondon» bölgan va Ukraina şarqidagi ayirmaçilarning harakatlarini muvofiqlaştirib, Donbassga oğir qurollarni yetkazib berişni taşkillaştirgan. Bu şaxs Boeing MH17 halokati bilan boğliq bölgan eng yuqori darajadagi Rossiya rasmiysi deb taxmin qilinmoqda.