Rişi Kapur - aktyor va rejissyor Raj Kapurning öğli. Uni köplab vakillari Bollivudda suratga tuşgan Kapurlar oilasining katta avlodidagi sönggi yulduz deb ataşgan.

Oilada Çintu deb laqab qöyilgan Rişi Kapur birinçi jiddiy rolini otasining «Mening ismim Masxaraboz» (Mera Naam Joker, 1970) filmida öynagan, unda sovet aktyorlari, şu jumladan sirk aktyorlari ham rol ijro etgan. Yoş aktyor uçun birinçi katta muvaffaqiyat otasi Raj Kapur rejissyor bölgan «Bobbi» (Bobby, 1973) filmidagi rolidan keyin keldi. Öşanda Rişi Hindistonda yil aktyori deb tan olingan. Çintu an'anaviy ravişda hind kinosi uçun muhim bölgan romantik sevişganlardan birining rolini öynagan.

Şuningdek, Rişi Kapur «Qasoskor» (Barood, 1976), «Amar, Akbar, Antoni» (Amar, Akbar, Antoni, 1977), «Sevgi kasali» (Prem Rog, 1982), «Chandni» (Chandni, 1989), «Kör muhabbat» (Fanaa, 2006) va boşqa filmlarda suratga tuşgan.