Şu bilan birga JAR prezidenti Siril Ramaposa pandemiyaga qarşi kuraş böyiça çoralarni qöllab-quvvatlaşga qöşimça 75 ming harbiy yöllaşni buyurgan. Uning aytişiça, harbiylar nafaqat fuqarolar tomonidan karantin çoralariga rioya qilinişi ortidan kuzatadi, balki tibbiy xodimlarga yordam körsatadi.

Mamlakatda umummilliy karantin 26 mart kuni kiritilgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, JARda koronavirusga çalinganlar 5647 kişini, undan vafot etganlar 103 kişini taşkil qilmoqda. JAR koronavirusga çaliniş holatlari soni böyiça Afrikada 1-örinni egallamoqda.

Hukumat qat'iy karantin çoralaridan çiqiş kasallaniş holatlarining ortişiga olib kelişidan xavotirlanmoqda. Biroq hukumatda karantindan çiqişdan boşqa iloj qolmagan, çunki ijtimoiy tuzilma va iqtisodiyot inqirozi xavfi yuzaga kelgandi.   

JAR hukumati tomonidan pandemiyadan sekin-asta çiqişning vaziyat özgarişiga qöra munosabat bildiruvçi rejasi işlab çiqildi. U çeklovlarning 5 ta darajasiga asoslangan. 1 maydan 5-daraja bekor qilinib, 4-daraja kiritildi. U karantin rejimiga nisbatan ba'zi yengillaştirişlarni nazarda tutadi.

Bu daraja komendantlik soati kiritilişi bilan bir qatorda tibbiy niqoblarning uydan taşqarida majburiy taqib yurilişini, odamlarning asosan uyda qolişlarini va mehnat faoliyatini tiklamagan bölsalar, uyni öta zarur hollarda tark eta olişlarini anglatadi. Biroq umummilliy karantindagi kabi maxsus propusklar bölmaydi. Şu bilan birga soat 6dan 9gaça va uydan 5 kmdan uzoqroqqa ketmagan holda sport bilan şuğullanişga, jumladan yuguriş va velosiped uçişga ruxsat beriladi. 

Şuningdek, uşbu darajada JARga xorijliklarning kirişiga taqiqlov saqlanib qoladi, havo va dengiz aloqasi tiklanmaydi. Odamlarning viloyatlararo harakatlanişiga taqiqlov amal qilişi davom etadi. 

Şuningdek, ommaviy yiğinlar va diniy marosimlar taqiqlov ostida qoladi. 

Şu bilan birga JAR prezidenti mahalliy hokimiyatlarga vaziyatga va soğliqni saqlaş tizimi holatiga qarab öz çeklovlarini örnatiş huquqini berdi. Biroq bu harakatlar umummilliy harakatlar bilan muvofiqlaştirilişi lozim.