Odatda, köçada yurgan vaqtimizda bu vitaminni yetarliça miqdorda qabul qilamiz, çunki u badanimizning oçiq joylariga quyoş nurlari tuşganida organizmimiz tomonidan işlab çiqariladi.
Uni şuningdek, «quyoş vitamini» deb ham ataşadi va u boşqa vitaminlar bilan birgalikda infeksiyalarga qarşi kuraşişga yordam beradi. Bu esa ayniqsa hozirgi pandemiya davrida juda muhim.
Tavsiyalar
Koronavirus epidemiyasi boşlanguniga qadar ham britaniyaliklarga qiş oylarida (oktyabrdan martgaça) yoki köçaga kam çiqadiganlarga kuniga 10 mkg D vitamini qabul qiliş tavsiya etilgandi.
Angliyalik mutaxassislar quyidagi hollarda D vitaminini yil davomida qabul qilişni tavsiya etadi:
- agarda köçaga deyarli çiqmasangiz;
- qariyalar uyida yaşasangiz;
- köçaga çiqqanda butun badaningizni yopib turadigan libos kiysangiz.
Qora tanli odamlar köçada muntazam yursa ham «quyoş vitamini»ni yetarliça olmaydilar.

D vitamini nega kerak?
D vitamini tişlar, suyaklar va muşaklarni mustahkamlaydi.
Bolalik davrida bu vitamin yetişmasligi raxit kasalligi, kattalarda esa osteomalyatsiya – suyaklar yumşaşi kelib çiqişiga sabab böladi.
Ayrim tadqiqotlarga köra, bu vitamin şamollaş va grippga qarşi kuraşişga yordam beradi, garçi D vitamini immunitetni kuçaytirişi borasida aniq dalillar yöq bölsa-da.
Ba'zi tadqiqotlarda aytilişiça, mavsumiy tuşkunlik holatlari D vitamini yetişmasligi bilan boğliq. Yana bir ma'lumotga köra, bu vitaminning yetişmasligi asab tizimi va ruhiy holatga ta'sir körsatişi mumkin.
Uni köp miqdorda qabul qilsa böladimi?
Yöq. D vitamini oziq-ovqat qöşimçasi sifatida zararsiz bölsa-da, uni har kuni va köp iste'mol qiliş kelgusida zarar yetkazişi mumkin.














