Jamiyat | 08:29 / 01.05.2020
8462
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda arzimagan ishni deb kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 17 aprel kuni soat 12:00da Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 21 yoshli M.K. o‘zining yashash uyida birga yashovchi amakisi 37 yoshli I.I.ga “yuvgan kiyimlaringning chiqindi suvlarini o‘zing tozalab qo‘y” deb, u bilan janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, M.K. qo‘lida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan I.I. ko‘krak qafasining orqa o‘ng qismiga bir marotaba qasddan urib og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertizaning 24 aprel kungi xulosasiga ko‘ra, I.I. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan og‘ir tan jarohatlari yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid