Namangan viloyati, Norin tumanida «Umid çiroği» kunduzgi parvariş xizmati tarbiyalanuvçisi yöl-transport hodisasi oqibatida halok böldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 18 fevral kuni soat 8:30 atrofida Norin tumanida joylaşgan «Umid çiroği» kunduzgi parvariş xizmati tarbiyalanuvçilarini markazga olib ketiş jarayonida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Transport vositasida 6 nafar bola bölgan. Hodisa oqibatida tarbiyalanuvçilardan biri — 2015 yilda tuğilgan Ş.X. oğir tan jarohati oqibatida halok bölgan.

Ta’kidlanişiça, qolgan 5 nafar bolaga Norin tuman tibbiyot birlaşmasida birinçi tibbiy yordam körsatilgan va ularning holati qoniqarli deb baholanmoqda.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.