Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 30 apreldan boşlab yangi tartib joriy etildi.

Xususan, fuqarolarga avtoulovlarda 07: 00 dan 10: 00 gaça va 17: 00 dan 20:00 gaça harakatlanişga ruxsat berildi. Işini vaqtinça töxtatib turgan tadbirkorlar iloji boriça tezroq faoliyatini qayta tiklaşga harakat qilmoqda.

Transport vositalarining harakatlanişiga va tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini qayta tiklaşga ruxsat beriş uçun barça tuman (şahar) hokimliklarida soliq xizmati, içki işlar organlari, prokuratura hamda sanitariya va osoyiştalik markazi xodimlaridan iborat maxsus ştablar taşkil etilgan.

DSQ matbuot xizmatining yozişiça, faoliyatini qayta tiklamoqçi bölgan va transport vositalarining harakatlanişiga ruxsat olişni istagan tadbirkorlar soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötgan tuman (şahar) hokimliklariga, karantin davrida belgilangan vaqt – 07: 00 dan 10: 00 gaça va 17: 00 dan 20: 00 gaça şaxsan taşrif buyurişlari kerak.

Buning uçun tuman hokimliklaridagi maxsus ştabga ariza va tegişli hujjatlarni taqdim etiş lozim.

Ariza ştab a'zolari tomonidan bir iş kuni içida körib çiqiladi (tadbirkorlik faoliyati mavjudligi va barça karantin talablariga javob berişi tekşiriladi).

Ruxsat beriş asossiz ravişda rad etilgan taqdirda, ştab tarkibidagi prokuratura vakillariga murojaat qiliş tavsiya etiladi.

Bildirilişiça, faoliyatni qayta tiklaş va transport vositalarida harakatlaniş uçun ruxsat hamma tadbirkorlik sub'yektlariga ham berilavermaydi.

Inqirozga qarşi Respublika komissiyasining joriy yil 25 apreldagi qaroriga binoan quyidagi sub'yektlarga faoliyatini qayta tiklaş va transport vositalarida harakatlanişga ruxsat beriladi:

quriliş materiallari bozorlari (quriliş materiallarining çakana va ulgurji savdosi uçun möljallangan maydon 500 kv.m dan kam bölmaganda);

yirik işlab çiqaruvçi sub'yektlarning öz mahsulotlarini sotişga möljallangan hududlardagi tarmoq dökonlari (1 nafar xaridorga 10 kv.m. sanitar talablariga rioya etiliş şarti bilan);

hunarmand va ustalarga (ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozorlardan taşqari alohida joylaşgan dökon/magazinlarda sotiş amalga oşirilganda);