Bugun, 2 may kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori Majid Karimov tomonidan 2020-2021 öquv yili uçun kiriş imtihonlari muddatida özgariş böliş ehtimoli yöqligi, qabul esa onlayn tizim işlab çiqilayotgani haqida ma'lumot berildi.
«2020-2021 öquv yili uçun kiriş imtihonlari muddatlari özgartirilgani yöq. Test sinovlari muddati davlat rahbarining 2019 yildagi qaroriga asosan, iyul-avgust oylarida ötkazilişi rejalaştirilgan. Va hozir Davlat test markazi şu muddatda barça tayyorgarlik işlarini tugatiş uçun harakat qilmoqda», - deya ta'kidladi Davlat test markazi direktori.
Majid Karimovning ta'kidlaşiça, agar kiriş imtihonlari ötkaziliş muddatlarida özgariş bölsa, abituriyentlar xabardor qilinadi.
«Qabul jarayonlari uçun asosiy javobgar taşkilotlar: Davlat xizmatlari markazlari va Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali hisoblanadi, mana şu taşkilotlar orqali, bundan taşqari, joriy yildan boşlab Davlat test markazi orqali ham onlayn hujjat topşiriş mumkin», - dedi Majid Karimov.
Majid Karimovga köra, DTM tomonidan joriy yil qabuli uçun hujjatlar aksar holatlarda onlayn qabul qilişni rejalaştirilmoqda. Abituriyentlar Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali yoki DTM sayti orqali röyxatdan ötişlari mumkin. Abituriyentlar onlayn platforma orqali hujjat topşiriş jarayonida 3 ta tildan birini: özbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini tanlaş imkoniga ham ega böladi.












