Yetakçi san'atkor, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijtimoiy tarmoqlar orqali öz murojaatini e'lon qildi:
“Assalomu alaykum qadrli san'atkor döstlar, aziz muxlislar. Bu murojaatimni madaniyat vaziri sifatida emas, balki şu yurtning vakili, şu xalqning oddiygina farzandi sifatida qabul qilişlaringizni iltimos qilardim.
Hammamizning xabarimiz bor, oxirgi paytlarda xalqimiz boşiga kelayotgan ketma-ket sinovlar, musibatlar birortamizni befarq qoldirmayapti. Pandemiya davridan boşlab san'atkor döstlarimiz özlarining xayr-saxovatlarini ayaşmayapti.
Buxoroda bölgan talofatlar, Sirdaryo viloyatida bölgan musibatlardan talofat körgan xalqimizga kömak körsatiş maqsadida barçangizni mana şu xayrli işga da'vat etmoqçi edim.
Marhamat, rahmat, saxovat oyi bölgan uluğ Ramazonda keling, birlaşaylik. San'atkorlar, agar biz birlaşadigan bölsak judayam katta kuç bölamiz. Hozirgi kunda “Özbekkonsert” davlat muassasasida alohida ştab taşkil qilingan, transportlar mavjud. Ya'ni şu uylardan jihozlar, rözğor buyumlari böladimi, kiyim-keçakmi [beraylik], moddiy yordam beriş istagida bölganlar bölsa hisob raqamlar oçilgan. Transportlar uylaringizdan olib kelinadigan narsalarni, “Özbekkonsert” ştabiga olib keladi.
Hamma narsani yiğsak-da, 5 may kuni maxsus “Muruvvat karvoni” taşkil qilib, talofat yetgan yerlardagi xalqimizga qölimizdan kelgan yordamni bersak. Bu saxovatda, xayrli işda birorta san'atkor befarq bölmaydi, degan umiddaman. E'tiborlaringiz uçun rahmat” – deya sözlarini tugatdi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Bu jarayonda hissa qöşmoqçi bölganlar öz kömaklarini “Özbekkonsert” davlat muassasasi, “Turkiston” san'at saroyiga yetkazişlari, naqd pulsiz yordamlarini esa quyidagi raqamlarga ötkazişlari mumkin:
Uzcard, Click, Payme: 8600 3329 5320 6368
Viza plastik karta raqami:


















