Dasturda voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan prezident Şavkat Mirziyoyevning aholi bilan muloqoti ham körsatildi.
«Bu ham bir sinov. Heç kim kutmagan sinov», degan davlat rahbari.
«Hozir odamlarni yiğib, vaqtinçalikka hamma şaroitini yaratib beramiz. Vaqtinça yaşaydigan joy qilişimiz kerak. Hamma kuç va vositalarni şunga safarbar qilamiz. Şaroit yaxşi bölmagunça mening boşçiligimda birorta rahbar heç qayerga qimirlamaymiz», – deya qayd etgan Şavkat Mirziyoyev.
Prezident 2020 yil sinovli yil bölayotganini ta'kidlagan.
«Eng katta narsa – özlaringni qölga olişlaring kerak. Bu – heç kim kutmagan falokat. 2020 yil oğir keldi. Bu pandemiya ham bir balo böldi. Mana şu oğirlikni yelkamizga olib, sabr bilan çidaşimiz kerak. Hozir xato qilişga haqqimiz yöq», – degan Mirziyoyev.
Davlat rahbari favqulodda vaziyat röy bergan hududda heç kim e'tibordan çetda qolmasligini ta'kidlagan.
Şavkat Mirziyoyev vertolyotda borib, «Sardoba» töğonining suv çiqqan qismini közdan keçirgan. Hukumat komissiyasi va mutasaddi rahbarlarga töğonning mazkur qismini tiklaş va uning oqibatlarini bartaraf etiş böyiça qöşimça topşiriqlar bergan.
- Eslatib ötamiz, 1 may kuni soat 5:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv çiqişi yuzaga keldi. Oqibatda Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan. Uşbu hodisadan asosan ekin maydonlariga jiddiy zarar yetgan.
- Hodisa oqibatida minglab kişilar qöşni hududlarga, jumladan, Jizzax viloyatiga evakuatsiya qilindi.
Suv oqimi Arnasoyga yönaltirilgan. Sardoba aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylaştirilmoqda


















