Bugun Toşkent aholisi tomonidan töplangan insonparvarlik yordamining birinçi karvoni poytaxtdan Sirdaryo viloyatiga yuk maşinalarida yöl oldi.
“Sirdaryo viloyatida röy bergan falokat xalqimizning birdamligini, uning saxovati, rahm-şafqati, yordamga doimo tayyorligini yaqqol namoyon etdi.
Biroq asosiy tamoyil – zarar keltirmaslik haqida unutiş mumkin emas.
Koronavirusga qarşi kuraşiş davrida karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda, harakat qiliş juda muhim”, - deyiladi ma'lumotda.
Köngillilarning taşabbusini qöllagan holda, Toşkent şahar hokimligi va IIBB Sardoba suv omborida röy bergan töğon yorilişi natijasida talafot körganlar uçun markazlaşgan insonparvarlik yordamini töplaş markazini taşkil qildi.
Har kuni savob qiliş istagi bor har bir fuqaro kiyim-keçak, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlarini “Navröz” restorani yonidagi avtoturargohga (möljal – “Xalqlar döstligi” saroyi) quyidagi tartib böyiça keltirişi mumkin:
soat 7:00 dan 10:00 gaça va 17:00 dan 20:00 gaça istagi bor barça fuqarolar öz avtomobillarida;
soat 10:00 dan 20:00 gaça – maxsus stikerlarga ega avtomobillarda.
“Bu yerdan siz tomoningizdan yetkazilgan yordam, maxsus ajratilgan avtobuslarda (yuk maşinalarida), barça sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga rioya qilgan holda Sirdaryo viloyatiga jönatiladi.
Sizdan iltimos, tuşunmovçiliklar, firibgarlik holatlari röy bermasligi uçun pul mablağlarini yiğib hisob raqamlari yoki bank kartalariga jönatmang.
Talafot körgan Sirdaryo viloyat aholisiga yordam körsatiş hisob raqami qöşimça tarzda e'lon qilinadi”, - deyilgan xabarda.


















