Eronning qator tumanlaridagi masjidlar duşanba kunidan oçilişi rejalaştirilgan. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, mamlakatning koronavirus yuqiş xavfi minimal deb topilgan 132ta tumanidagi masjidlar oçiladi.  

Hukumat karantin çoralarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş rejasini işlab çiqmoqda. Ötgan haftada Ruhoniy yaqin vaqt içida çeklov çoralari yumşatiladigan hududlar röyxati e'lon qilinişini ma'lum qilgandi.

Mamlakatda koronavirus sababli kiritilgan çeklovlar bekor qilina boşlandi – dökonlar, boğlar va bozorlar oçilgan, şaharlararo avtomobil yöllarida harakatlaniş tiklangan.

Eronda koronavirusga çalinganlar soni 97,4 mingdan oşgan, 6200 kişi vafot etgan.