Bu haqda Turkiston viloyati hokimining örinbosari Saken Kalkamanov brifingda ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, işçi guruh tegişli vazirliklar vakillari bilan uçraşuvlar va muzokaralar ötkazadi, deb xabar berdi Turkiston viloyati Mintaqaviy kommunikatsiyalar xizmati.

«Maxsus guruh Özbekiston suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev va Sirdaryo viloyati rahbariyati bilan muzokaralar ötkazadi. Umuman olganda, uşbu holat ikki mamlakat hukumati bilan birgalikda muhokama qilinadi va hal etiladi. Sönggi ma'lumotlarga köra, mintaqaga 300 million kubometr suv kirib kelgan. Bunday yirik hajmlar birinçi marta qayd etilmoqda. Heç qanday xavf yöq, deb aytişga juda erta. Özbekiston tomonidan suv oqimi qaysi yönalişda kelişi hozirça noma'lum, çunki qöşni davlat bilan hozirgi vaziyat haqida ma'lumot almaşiş tizimlaştirilmagan. Uşbu uçraşuv natijalari töğrisida qöşimça ravişda ma'lumot beramiz», - deya qayd etib ötdi Saken Kalkamanov.

Ayni paytda hududdagi Firdavsiy qişloği töliq suv ostida qolgan. Şu bilan birga, Mirzakent qişloğida qişloqni töliq suv bosmasligi uçun töğon qurilmoqda. Bundan taşqari, Maxtaral tumanida suv toşqini yuz berişi mumkin bölgan yana 7ta aholi punkti aniqlandi. 

Özbekistonda 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasi devori buzilib, suv toşib çiqdi. 

Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 22ta aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududlariga evakuatsiya qilingan.