Ma'lumot uçun: elektron pullar – emitentning elektron şaklda saqlanadigan hamda elektron pullar tizimida tölov vositasi sifatida qabul qilinadigan şarsiz va çaqirib olinmaydigan pul majburiyati.
Norma’ning yozişiça, elektron pullar (EP) tizimida quyidagilar iştirok etadi:
emitent – Markaziy bank va tijorat banklari;
operator – bank va (yoki) EP tizimi işlaşini ta'minlaydigan tegişli litsenziyaga ega bölgan tölov taşkilotlari;
agentlar;
EP egalari;
banklar, tölov taşkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) emitent bilan şartnoma tuzgan yuridik şaxslar.
Elektron pullarni çiqariş va realizatsiya qiliş
EPni çiqariş va realizatsiya qiliş bank-emitent tomonidan Markaziy bankka tasdiqlangan şakl böyiça xabarnomani, şuningdek hujjatlarni yuborişdan boşlanadi. MB tomonidan kelib tuşgan xabarnoma 10 kun mobaynida körib çiqiladi va MB rasmiy veb-saytida yuritiladigan tegişli Reyestrda pul çiqariş boşlangan sana haqida yozuv qayd etiladi.
EP jismoniy şaxslar yoki agentdan qabul qilingan pul mablağlari doirasida, elektron pullarni çiqariş, ulardan foydalaniş va ularni qoplaş töğrisidagi şartnomaga muvofiq amalga oşiriladi. Uşbu şartnoma asosida EP realizatsiya qiliş şartlari belgilanadi. Şartnoma tuzilgunga qadar emitent yoki operator jismoniy şaxsga quyidagilar töğrisida ma'lumotlarni taqdim etişi lozim:
emitentning va operatorning nomi hamda joylaşgan yeri (poçta manzili) (tölov taşkiloti hisoblanganda – litsenziya raqami);
EPdan foydalaniş şartlari;
EP egasidan vositaçilik haqini undiriş tartibi va miqdori;
e'tirozlarni beriş usullari va ularni körib çiqiş tartibi.
Elektron pullar jismoniy şaxsga va agentga har bir EP egasi uçun şakllantiriladigan elektron hamyonga ötkaziş orqali realizatsiya qilinadi. EP sotib olinganligi dalili quyidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan kvitansiya va qoğoz yoki elektron şakldagi boşqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi:












