«Sardoba» suv omborining yorilişi natijasida toşqin oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Favqulodda vaziyat sodir bölgan hududda Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Içki işlar vazirliklari, Milliy gvardiya va boşqa davlat xizmatlarining 2 mingga yaqin maxsus texnikasi işlamoqda. Şuningdek, uşbu hududda Yonğin öçiriş maşinalari va motopompa yordamida toşqin suvi uylardan, infratuzilma obektlaridan çiqarilib, suğoriş va drenaj tizimlari tozalanmoqda.

«Bunga qöşimça ravişda elektr tarmoqlari, gaz, suv quvurlari va boşqa turdagi kommunal tarmoqlarini tiklaş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda.
Hozirda toşqindan zararlangan 58 ta bazaviy mobil stansiyalaridan 48 tasi ta'mirlandi. Şu bilan birga, işdan çiqqan boşqa infratuzilma obektlariga yetkazilgan zarar miqdorini baholaş işlari olib borilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, zarar yetgan infratuzilma obektlariga 8 ta bolalar boğçasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 1 ta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid, 13 ta respublika ahamiyatidagi köprik, 52 km uzunlikdagi yöl, 1 ta dehqon bozorini kiritiş mumkin. Şuningdek, 99 ta köp qavatli turar-joy binosiga qisman zarar yetgan», -deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilişiça, Sirdaryo viloyatining suv toşqini bölgan hududlariga joylardan insonparvarlik yordamlari kelişi davom etmoqda. Bugunga qadar Sirdaryo viloyatiga 180 tonna un, 48 tonna makaron mahsulotlari, 63 tonna ösimlik moyi, 47 tonna guruç, 37 tonna göşt, 58 tonna şakar, 228 tonna kartoşka, 176 tonna piyoz va boşqa mahsulotlar yetkazib berildi.


















