Samarqand «qizil» hudud. Viloyatda karantin qoidalari saqlanib qoladi
Samarqand viloyati epidemiologik jihatdan «qizil» hududga kirishi e'tiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi. Bu haqda viloyat komissiyasi yig‘ilishida ma'lum qilingan.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, viloyat ahlidan karantin qoidalariga qat'iy amal qilish so‘raladi.
- Viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining 30 apreldagi qaroriga ko‘ra, viloyatning Toyloq va Oqdaryo tumanlarida, Samarqand shahri, Samarqand, Urgut va Jomboy tumanlarining Toyloq tumani bilan chegaradosh hududlari hamda mazkur tumanlarda, shuningdek Bulung‘ur tumanining ayrim joylarida karantin qoidalari yumshatilmasligi ma'lum qilingandi.
5 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi aytilgandi.
Shuningdek, hududlar «qizil» (yuqori xavfli), «sariq» (o‘rta xavfli) va «yashil» (xavfsiz) hududlarga ajratilishi ma'lum qilingan edi.
5 may holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida 140 nafar kishi koronavirus yuqtirgan. Ulardan 34 nafari sog‘aygan.
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025