Bugun, 7 may kuni soat 08:00dan boşlab Samarqandda viloyat IIB tomonidan fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etayotganini nazorat qiliş maqsadida kuçaytirilgan reyd tadbirlari ötkaziladi. Bu haqda Samarqand viloyat IIBning telegram kanalida e'lon qilingan.

Samarqand viloyati IIB fuqarolarga quyidagi ogohlantiriş bilan murojaat qilgan:

  • zaruratsiz uydan çiqmang!
  • zaruriy mahsulotlarni xarid qiliş uçun faqat bir kişi özining yaşaş hududidagi savdo nuqtalariga çiqsin;
  • savdo dökonlari va boşqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlaş talab etiladi;
  • 65 yoşdan yuqori yoşda bölgan va surunkali kasalligi bor fuqarolar taşqariga çiqişi qat'iyan man etiladi;
  • taksi haydovçilariga yölovçi taşiş qat'iyan ta'qiqlanadi (bunda kurerlik faoliyatiga ruxsat);
  • bir joyda ikki va undan ortiq fuqarolar töplanmasligi talab etiladi;
  • fuqarolarga iş joyiga borib keliş, tibbiy vositalar, oziq-ovqat va birlamçi zarur mahsulotlarni xarid qiliş uçun soat 07:00dan 10:00gaça va 17:00dan 20:00gaça barça turdagi şaxsiy va xizmat maşinalarida (yölovçilar bilan birga), şu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanişga rusxat berilgan;
  • fuqarolarga şahar va tumanlardagi köp qavatli uylarning bevosita oldida va içki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqob taqqan holda sayr qilişga (bunda 14 yoşgaça bölgan bolalar ota-onalarining hamrohligida) ruxsat beriladi;
  • oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, professor-öqituvçilariga ilmiy işlarni davom ettiriş maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklaşga ruxsat beriladi.

«Uşbu talablarni buzgan şaxslar qat'iy javobgarlikka tortiladilar», deyilgan IIB bayonotida.

Ma'lumot uçun, Samarqand kasallik hamon tarqalayotgan viloyatlar qatorida öziga xos «qizil hudud»ga kiritilgan. Ya'ni, viloyatda karantin çeklovlari saqlanib qolgan. Bugungaça Samarqandda 150 kişida koronavirus aniqlangan va 37 kişi tuzalgan. 6 may kuni viloyatda 10ta yangi holat qayd etildi.