Özbekiston Moliya vazirligi va Markaziy banki 2020 yil 8 may kuni “Özbekiston respublika valuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (ÖzRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qoğozlar (DQQ) birlamçi joylaştirilişini e'lon qildi.

Qayd etilişiça, joylaştiriş usuli ÖzRVB savdo tizimida auksion orqali oçiq sotuvdan iborat. Emitent Moliya vazirligi, bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 söm.

Davlat qimmatli qoğozlarining çiqariliş hajmi 100 milliard söm, muomala davri 91 kun. Majburiyatlarning söndiriş sanasi - 2020 yil 7 avgust.

Ta'kidlanişiça, auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi, bitimlar qiymatini yaxlitlaş - matematik yaxlitlaş usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigaça.