Oltiariqda qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: IIB axborot xizmati
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 4 may kuni IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Uning davomida Yorqin ko‘chasida yashovchi O.A. yashash xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil qilib, tanishlari M.X., N.X. va A.U.ni qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 880.000 so‘m pul va o‘yin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Germaniya siyosatchilari Bokuda maxfiy tarzda uchrashgan
Jahon | 15:17
-
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:16
-
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
Jahon | 14:43
-
Toshkentda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:41
Mavzuga oid

07:16 / 16.09.2022
Farg‘onadagi bog‘chada bolalarning ommaviy zaharlanishi qayd etildi

11:03 / 07.02.2022
Zoyir Mirzayevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

08:42 / 17.08.2021
Farg‘onada 550 mln so‘mlik ko‘mir «qora bozor»da sotib yuborilgan

09:09 / 12.02.2021