Rasmiy va haqiqiy ma'lumotlar boşqa-boşqa

Eronda sönggi kunlarda koronavirusdan zararlaniş holatlari yana ösa boşladi va 6 may kuni mingdan ortiq bemor aniqlanib, 100 minglik nuqtadan ötildi. 7 may kuni yana 1,5 mingga yaqin holat aniqlandi.

Ilk holat qayd etilgan va rasmiylar tomonidan virus öçoği deb e'lon qilingan Qum şahri içki va taşqi ogohlantirişlarga qaramay, karantinga, hatto nazorat ostiga ham olinmadi. Şu asno epidemiya qisqa fursat içida nafaqat butun mamlakatga, balki mintaqadagi boşqa mamlakatlarda ham tarqalib ulgurdi. Jarayonning avvalboşdan şaffof bir şaklda boşqarilmagani esa davlatning axborot manbayi sifatida işonçliligiga jiddiy putur yetkazdi.

Ta'kidlaş joizki, Eronda «rasmiy ma'lumotlar» atamasi «haqiqiy ma'lumotlar» tuşunçasidan butkul farqli. Şu bois uzoq yillar davomida davlat va jamoatçilik örtasida yuzaga kelgan işonçsizlik sönggi paytlarda özining haddi a'losiga kötarildi. Hukumat tomonidan körilgan çora-tadbirlar xalq tomonidan qöllab-quvvatlanmadi.

Bugun Eron Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan e'lon qilinayotgan kunlik axborotlar ham rasmiylar tomonidan haqiqiy ma'lumot sifatida qabul qilinmayapti. Har kuni muntazam ravişda e'lon qilinayotgan bu ma'lumotlar jamoatçilikni xabardor qilişdan köra köproq içki va taşqi taşviqot quroliga öxşaydi. Şu bois, Eronda Covid-19’ga çalingan xastalarning haqiqiy soni aytilganidan ham köproq bölişi mumkin.

Işonç közgusi darz ketdi

Qayd etiş lozim, zamon ehtiyojlarini qondira oladigan infratuzilma mavjud emasligi mamlakatda surunkali muammolar ildiz otişiga olib keldi. Bu esa öz navbatida soğliqni saqlaş va ijtimoiy yordam körsatiş masalalarida jiddiy taşvişlar tuğilişiga sabab bölmoqda. Masalan, uzoq munozaralardan söng Eron ma'muriyati tomonidan Covid-19’ga qarşi kuraş doirasida 23 million xonadonga ajratilgan 1 million tumanlik kredit ham alohida bir muammoga aylandi.

Bundan taşqari, xastalarni qabul qiliş, retsept va dori-darmon tarqatiş yoki bemor töğrisidagi ma'lumotlarni elektron şaklda emas, eski tartibda – qoğozda yuritilayotgani ham xavotirlarga sabab bölmoqda. Şaffoflik tamoyili örtadan kötarilişiga va boşqaruv mexanizmida muammolar paydo bölişiga olib kelmoqda.

Ustiga ustak, keyingi paytlarda kasallik muolajasi uçun işlatiladigan dori-darmonlarni import qiliş masalasida ham qiyinçiliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, Eron parlamentining soğliqni saqlaş komissiyasi a'zolaridan biri koronavirus bemorlarida qöllaş uçun olib kelingan 20 mingta «Favipiravir» nomli dorining atigi 15 mingtasi vazirlikka yetkazilgani, qolgan 5 mingtasi esa izsiz ğoyib bölganini ma'lum qildi. Yaqinda Eron Auditorlar sudi raisi Odil Azer ham ba'zi importyorlar va ayirboşlaş şoxobçalariga ötgan yili tarqatilgan 31 milliard dollarning 4,8 milliardi davlatga topşirilmaganini e'lon qildi.