2020 yil 2 may kuni fuqaro 60 yoşli B.A. Samarqand viloyati Jomboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U öz arizasida 2020 yil 27 aprel kunidan 28 aprel kuniga ötar keçasi noma'lum şaxs Jomboy tumani Beruniy köçasida joylaşgan oşxonasida heç kim yöqligi hamda oşxonaning derazasi oçiqligidan foydalanib içkariga kirib, oşxonada turgan temir seyf eşigini buzib, içidagi 2.830.000 söm va 1 AQŞ dollari kupyurasidagi jami 65 AQŞ dollari miqdoridagi naqd pullari hamda umumiy bahosi 24.170.000 sömlik har xil turdagi ayollar tilla taqinçoqlarini öğirlab ketganligini bildirib, aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy çora köriş va talon-toroj qilingan narsalarini topişda amaliy yordam berişni söragan.

Foto: Tergov departamenti

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jomboy tumanida yaşovçi 25 yoşli J.O‘. sodir etganligi aniqlanib, undan bir dona ayollar tilla zanjiri, 1.570.000 söm, bir dona 20 AQŞ dollari, ikki dona 2 AQŞ dollari, olti dona 1 AQŞ dollari miqdoridagi pullar xolislar iştirokida aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirilib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.