Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi raisi Nizomiddin Bakirov Bioorganik kimyo institutiga yangi va zamonaviy «UAZ Patriot» maxsus avtomaşinasi kalitini topşirdi.

8 may kuni institut rahbarlari va xodimlari iştirokida ötgan tantanali topşiriş marosimida avtomobil kalitini institut direktori, akademik Şavkat Salihov qabul qilib oldi.

Qömita axborot xizmatidan ma'lum qilişlariça, Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yil 31 yanvar kuni Geologiya qömitasida ötkazilgan yiğilişda Örmon xöjaligi davlat qömitasiga Özbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlarining Orol dengizi qurigan tubida ilmiy-tadqiqot işlarini olib borişlari uçun şaroitlar yaratiş maqsadida bitta avtotransport vositasini homiylik tarzida ajratiş topşiriğini bergan.

«Işlab çiqariş amaliyoti va ilmiy-tadqiqotlar qulay şaroitlarda olib borilişi uçun yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyot bilan integratsiyasini ta'minlaş, örmon fondi yerlaridagi dorivor ösimlik turlarining zaxiralarini aniqlaş, davlat tomonidan ösimlik va hayvonot dunyosi obektlarini va ulardan foydalaniş hajmlarini hisobga oliş borasidagi hamkorlikdagi tadqiqotlarni olib borişga xizmat qiladi», – deyiladi qömita axborot xizmati xabarida.













