Internet muammosi sabab tomga chiqib masofadan dars o‘tayotgan o‘qituvchi videosi tarqaldi. XTV munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda internet tezligi pastligi sababli uyining tomiga chiqib dars o‘tayotgan ayol o‘qituvchi aks etgan video tarqaldi. Ma'lum bo‘lishicha, video Marg‘ilon yaqinidagi Navro‘z mahallasida olingan.

Foto: Videodan kadr
Videoni tasvirga olgan erkak narvonda tomga chiqarkan, shunday deydi: «Nevara yig‘layapti: buvijonim, pastga tushing, deb. Buvijonisi tomda dars o‘tyapti. Internetimiz yo‘q bizning. [Lekin] o‘qituvchilar dars o‘tishi kerak...»
Tasvirdan o‘qituvchi ayol maktabda ishlashi, karantin paytida o‘quvchilar bilan internet orqali masofadan ishlayotgani, internet muammosi sabab uyining tomidan joy hozirlab dars o‘tayotgani anglashiladi.
«Internet yaxshi, lekin ertalabdan kechgacha tomda o‘tirish ham bo‘lmaydi-da. Bunaqa bo‘ladigan bo‘lsa, kasal bo‘lib qolaman», – deydi oftobdan soyabon tutib tomda ishlayotgan ayol.
Kun.uz Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmatidan olgan ma'lumotga ko‘ra, videodagi muallima ayol – Marg‘ilon shahri yaqinidagi Navro‘z mahallasida yashovchi musiqa o‘qituvchisidir.
«Hozirgi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tegishli tashkilot vakillari muammo nimadaligini aniqlash va uni bartaraf etish ustida ish olib bormoqdalar.
Shu o‘rinda, fidoyi o‘qituvchiga har qanday sharoitda ham farzandlarimizga bilim berishga intilishini olqishlaymiz. O‘qituvchimiz mamlakatimizda fidoyi o‘qituvchilar borligini ko‘rsatmoqda», – deyiladi XTV axborotida.
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangach, 16 martdan e'tiboran barcha ta'lim muassasalari karantinga yopilgan, ta'tildan so‘ng darslar masofadan – televizion va onlayn shaklda o‘tila boshlagan edi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Speedtest Global indeksida mobil internet tezligi bo‘yicha so‘nggi o‘ntalikda (141ta mamlakat ichida 133-o‘rinda) qayd etilgan.
28 aprel kuni imzolangan prezident qarori bilan, 2020-2021 yillarda O‘zbekistondagi barcha qishloq va mahallalar yuqori tezlikdagi internetga ulanishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AEXA: Eronning Natanzdagi obektida radiatsiya sizib chiqdi
Jahon | 10:24
-
Isroildagi o‘zbekistonliklarga zaruriyatsiz ko‘ngilochar joylarga bormaslik tavsiya qilindi
O‘zbekiston | 10:13
-
Niderlandiya YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga tayyor
Jahon | 09:50
-
Qaysi hududda kichik tadbirkorlik sub’yektlari ko‘proq faoliyat yurityapti?
O‘zbekiston | 09:32
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi

09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti

17:10 / 02.05.2025