Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan mamlakatning raqamli infratuzilmasini töliq modernizatsiya qiliş va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barça hududlarda foydalaniş imkoniyatini ta'minlaş vazifasi qöyilgan.
Buning uçun 2020-2021 yillarda barça soğliqni saqlaş muassasalari, maktablar va maktabgaça ta'lim taşkilotlarini, şuningdek, qişloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internet tarmoğiga ulaş hamda aloqa xizmatlari sifatini oşiriş közda tutilgan.
Bundan taşqari, qarorda quyidagilar raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirişning qöşimça vazifalari etib belgilangan:
- 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi uluşini 2 baravarga köpaytirişni nazarda tutgan holda, şu jumladan, işlab çiqarişni boşqarişda axborot tizimlari kompleksini joriy qiliş, moliyaviy-xöjalik faoliyatda hisobot yuritişda dasturiy mahsulotlardan keng foydalaniş, şuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş orqali uni jadal şakllantiriş;
- 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari uluşini 60 foizgaça yetkazişni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratiş hamda integratsiya qiliş, davlat ma'lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qiliş, şuningdek, davlat xizmatlarini körsatiş tartibotlarini optimallaştiriş va tartibga soliş orqali elektron hukumat tizimini rivojlantiriş;
- dasturiy mahsulotlarni işlab çiqariş va texnologik maydonçalar yaratiş orqali «raqamli tadbirkorlik»ni rivojlantiriş, 2023 yilga kelib uşbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oşiriş va ularning eksportini 100 million dollarga yetkaziş;
- ta'lim tizimining barça bosqiçlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş va zamonaviy iqtisodiyot uçun zarur bölgan raqamli bilimlarning darajasini oşiriş, ta'lim infratuzilmasini takomillaştiriş, şuningdek, «Beş taşabbus» loyihasini amalga oşiriş doirasida 2022 yilga qadar respublikaning barça hududlarida raqamli bilimlarga öqitiş markazlarini oçiş.
Qarorga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi huzurida Elektron hukumat loyihalarini boşqariş markazi

















